O'zbekistonda "Sochnaya Dolina", VIKO, Pro100Sok va ForKids kabi mazali sharbatlar ishlab chiqaruvchi Intersok zavodi o'zining birinchi ekskursiyasini tashkil etdi. 

Ekskursiyada eng jajji iste`molchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Ularga "Fiksiklar" multfilmining yorqin qahramonlari hamrohlik qilishdi. 
Yosh ishtirokchilar zavodga tashrif buyurish uchun dastavval kompaniya tomonidan o'tkazilgan maxsus tanlovda qatnashib, sharbatlar haqidagi qiziqarli  savollarini yuborishdi. 

Ular orasida "Xonanda Shahzoda ham sizlarda ishlaydimi?", "Naycha solish uchun teshik juda ham kichikku? Qutiga sharbatni qanday quyishadi?", "Sharbatni yorilib ketmaslik uchun qancha ichish kerak?" kabi 20 nafar g'ayrioddiy, ajoyib savollar egalari  "Shirali vodiy"ga ota-onalari bilan birga sayohat qiliishga muvaffaq bo'lishdi. 

Sayohat davomida  ular mazali sharbatlar qanday tayyorlanishi haqida qiziqarli ma`lumotlarni bilib olishdi. Qizig'i shundaki, ular zavod ichiga sayohat qilib, qadoqlar qanday yaratilishi va sharbat quyish jarayoni qay tariqa amalga oshirilishiga guvoh bo'lishdi. Katta quvurlar, ulkan laboratoriya, keng sex, zamonaviy uskunalar - bularning bari yosh bolalar bilan qatorda kattalarni ham hayratga soldi. Ular birinchi marotaba Namangan viloyatida yetishtirilib,  quyultirilgan tabiiy olma sharbatidan ta`tib ko'rishdi. 

Quyultirilgan sharbatlar qanday qilib barcha sevib iste`mol qiladigan ichimlikga aylanishini tomosha qilishdi.

Ularni navbatda yanada qiziqarli bo'lgan jarayon - mazali sharbatlarni ta`tib ko'rib, unga baho berish kutib turardi. Degustatsiya zalida bolalar va ularning ota-onalari "Sochnaya Dolina" hamda VIKO sharbatlaridan ta`tib ko'rishdi va o'z fikrlarini bildirishdi. 

Shundan so'ng barcha ishtirokchilar multqahramonlar boshchiligida tushlik qilishga yo'l olishdi. Tushlik vaqtida ekskursiyaning eng qizg'in jarayoni boshlandi. Qahramonlar Simka va Nolik turli o'yinlar, viktorinalar o'tkazib, faol bolajonlarga sovg'alar topshirishdi. 

Kompaniya ekskursiyada ishtirok etish uchun 20 nafar 5dan 11 yoshgacha bo'lgan bolalarni saralab oldi.  Bunga sabab, sharbatlar bolalar tomonidan sevib iste`mol qilinadi. Shu sababli, ishlab chiqaruvchilar jajji iste`molchilar fikri bilan qiziqishdi.  Shuningdek, yangi tarkibida shakar bo'lmagan sharbatlar ham bolalarga taqdim etildi. Bu ichimlik ham iste`molchilar tomonidan iliq kutib olindi. 

Ekskursiya so'ngida tadbirning barcha ishtirokchilariga Intersok kompaniyasi tomonidan esdalik sovg'alar taqdim etildi.

Reklama huquqi asosida.