16:33 / 18.01.2017
8032

Turkiya prokuraturasi 243 nafar harbiyni hibsga olish bo‘yicha order berdi

Foto: © AFP

Istanbul prokuraturasi Turkiya Qurolli kuchlarining 243 nafar harbiy xizmatchisini qo‘lga olish bo‘yicha order berdi. Ular muxolifatdagi Fathulloh Gulen tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Anadolu agentligi huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga asoslangan holda xabar qilgan. 

Ta'kidlanishicha, harbiylarni qo‘lga olish amaliyoti mamlakatning 54 viloyatida o‘tkazilmoqda. Prokuraturaga ko‘ra, ular Bylock dasturidan foydalanishgan. Bu ilovani, asosan, Gulen tarafdorlari shifrlangan xabarlarni yuborishda qo‘llashgan.

2016 yil 16 iyuliga o‘tar kechasi Turkiyada harbiy davlat to‘ntarishiga urinish sodir etildi. Hukumat kuchlari va isyonchi harbiy bo‘linmalar o‘rtasidagi asosiy qarama-qarshilik Anqara va Istanbulda bo‘lib o‘tdi. 

Turkiya hukumati bu voqealarda 1990 yillar oxiridan AQShda istiqomat qilib kelayotgan Gulen tashkilotini aybladi. 

 

Mavzuga oid
Top