13:54 / 18.01.2017
10041

UBS jahondagi tengsizlik darajasi oshib borayotganidan xavotirda

Foto: © Fotolia

Eng badavlat mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi UBS Wealth Management bo‘limi investitsiyalar bo‘yicha direktori Saymon Smayls Yer sayyorasining yarim aholisi daromadiga teng mablag‘ga ega sakkiz ishbilarmon haqidagi xabardan hayratga tushganini ma'lum qildi. Bu haqda RNS xabar berdi.

«Biz daromadlar o‘rtasidagi farq tobora oshib borayotgan dunyoda yashamoqdamiz. Xitoy va rivojlanayotgan davlatlarning yanada yuksalishi o‘ta qashshoq bo‘lgan insonlarga yordam berdi. Biroq daromad va boylik o‘rtasidagi tafovut ham ortgan. Bunday raqamlar hayratga sabab bo‘ladi», — dedi Smayls.

Biroq, Smayls bu milliarderlarning ko‘pchiligi “juda ham katta miqdordagi mablag‘larni qaytarib berib, jahondagi vaziyatni yaxshilashga harakat qilishayotganini” ham ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq, jahondagi eng badavlat 8 ishbilarmonning boyligi dunyo aholisi yarmining mablag‘iga teng ekani haqida xabar bergandik.

 

Top