13:29 / 18.01.2017
16597

O‘zbekiston haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Haj delegatsiyasi bugun, 18 yanvar kuni Saudiya Arabistoni Podshohligiga jo‘nab ketdi. Ushbu safar 7 kun davom etadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Saudiya Arabistoni Haj ishlari vaziri Solih Bantin taklifiga asosan, «Haj–2017» mavsumining tashkiliy ishlarini kelishib olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov – delegatsiya rahbari va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligidagi delegatsiya bugun Jidda shahriga yetib boradi.

Shuningdek, ularga O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot kotibi Jaloliddin Nuriddinov va Toshkent islom universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Hamidbek Hasanov hamrohlik qilishmoqda.

Safar davomida O‘zbekiston Haj delegatsiyasi va Saudiya Arabistoni Haj ishlari vazirligi va mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida «Haj–2017» mavsumining tashkiliy ishlari o‘zaro ko‘rib chiqiladi. Shu maqsadda Makkai mukarrama, Madinai munavvara va Jidda shaharlarida joriy yil haj mavsumida o‘zbekistonlik hojilarga xizmat qiluvchi idoralar va muassasalar rahbarlari bilan kelishib olinadi.

 

Top