00:04 / 18.01.2017
9498

O‘zbekiston TIV Qirg‘izistonga yuk samolyoti halokati munosabati bilan hamdardlik bildirdi

2017 yilning 17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rasmiy sayti orqali ma'lum qilindi. 

TIV rahbari 2017 yil 16 yanvarda Qirg‘izistonda ko‘plab insonlarning, jumladan bolalarning qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lgan «Boeing-747» yuk samolyotining halokatga uchrashi munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi va Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.

Muvaqqat ishlar vakili Azamat Mambekov Qirg‘iziston rahbariyati va xalqi nomidan O‘zbekiston tomoniga hamdardlik va dalda uchun minnatdorchilik bildirdi.

Top