22:30 / 19.01.2017
30994

23ta zavodga chigitni qayta ishlashga ruxsat berildi

O‘zbekistonda yetishtirilgan paxta tolasidan olingan chigit urug‘ini «O‘zpaxtayog‘» guruhiga kiruvchi 23 ta yog‘-moy kombinatlari qayta ishlash huquqiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 yanvardagi farmoniga ko‘ra, aynan ushbu korxonalar mazkur faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin. Ularning texnik chigitni qayta ishlash bo‘yicha bir yillik o‘rtacha qayta ishlash quvvati 2,5 mln tonnani tashkil etadi. 

Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekiston yog‘-moy bozorining yetakchi uchligiga Qashqadaryo («Kosonyog‘ ekstraksiya» - yiliga 189 ming tonna va «Qarshiyog‘ ekstraksiya – yiliga 126 ming tonna) vat Farg‘ona («Qo‘qonyog‘» - yiliga 189 ming tonna va «Farg‘onayog‘-moy» - yiliga 126 ming) viloyatlari kiradi. Bu mintaqalardagi quvvatlar yiliga 315 ming tonna chigitni qayta ishlash imkonini beradi. 

Andijon viloyatidagi ikkita yirik korxona yiliga 250 ming tonnadan ortiq chigitni qayta ishlay oladi. 

Surxondaryo viloyatida ham chigitni ikkita korxona qayta ishlaydi, ularning umumiy quvvati yiliga 214,7 ming chigitni qayta ishlashga teng.
 
Respublikaning ushbu ro‘yxatga kiritilmagan yog‘-moy kombinatlarida chigitni qayta ishlash vositasida yog‘ ishlab chiqarish yoki xo‘jalik sharoitlarida chigitni qayta ishlash amaldagi qonunchilik talablarini buzish hisoblanadi. qonunbuzarlarga, belgilangan tartibda javobgarlik, xususan, jinoiy javobgarlikka tortish choralari ham qo‘llanilishi mumkin, deyiladi hujjatda. 

Top