16:46 / 19.01.2017
4529

Dunyoda PS4 qurilmalari Xbox One’ga qaraganda ikki marotaba ko‘proq sotildi

Sony’ning so‘nggi konsoli savdolarda yangi ko‘rsatkichni qayd etdi. Dunyo bo‘ylab PS4 Xbox One’ga qaraganda ikki marotaba ko‘proq xarid qilindi.

SuperData  axborot agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, PS4 55 million nusxada sotilgan bo‘lsa, Xbox One’ni 26 million inson xarid qilgan.

Ta'kidlanishicha, Sony o‘z qurilmalarining sotuvi haqidagi ma'lumotlarni doimiy ravishda oshkor etib borsa, Microsoft qancha Xbox One xarid qilinganini so‘nggi paytlarda yashirmoqda.

Biroq, tahlilchilarning fikricha, Xbox One shu paytga qadar o‘tgan davr mobaynida Xbox va Xbox 360’ga qaraganda ko‘proq talabga ega bo‘lgan. NPD chartining ma'lumotlariga ko‘ra, Xbox One o‘tgan yilning dekabrida avvalgi oyga qaraganda ko‘proq sotilgan.

Mavzuga oid
Top