15:14 / 19.01.2017
12420

“Yosh ixtirochilar” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

17 yanvar Toshkent politexnika muzeyida “O‘zmetmashsanoat” kasaba uyushmasi Yoshlar Kengashi bilan hamkorlikda “Yosh ixtirochilar kuni” nishonlanib, shu munosabat bilan muzeyda “Yosh ixtirochilar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Bu ko‘rik tanlovni tashkillashtirish va o‘tkazish muzey uchun ajoyib an'anaga aylangan. Bu yil ushbu tanlov ikkinchi marotaba o‘tkazilmoqda.

Ko‘rik-tanlovda Respublikamizning texnikaga ixtisoslashgan Oliy o‘quv yurtlari, kollej va litseylaridan 40 nafardan ortiq ixtirochilar ishtirok etdi.

Yosh ixtirochilar o‘zlari kashf etgan turli texnik, elektron qo‘llanma va eksponatlar bilan barcha yig‘ilganlarni lol qoldirishdi. Bu galgi tanlovda ishtirokchilar orasida qiz bola ixtirochilar ham bo‘ldi.

To‘plagan ballariga qarab kollej o‘quvchilari orasida 3-o‘rin Ovechkin Mixail, 2-o‘rin Belenko Viktor, 1-o‘rin Maxamatov Sardorjonga nasib etdi.

Oliy o‘quv yurti talabalari orasidan esa 3-o‘rinni Sattarov Sanjar, 2-o‘rinni Zoirov O‘lmas, 1-o‘rinni Erkinov Sultonbek egalladi.
 
Barcha tanlov ishtirokchilari va g‘oliblariga rag‘batlantiruvchi sovg‘alar topshirildi. 

Top