20:07 / 19.01.2017
8936

Xorazmda xalq bilan muloqot va sayyor qabul o‘tkazildi

19 yanvar kuni Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida xalq bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi, prokurori, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va barcha mutasaddi tashkilot, idora rahbarlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

Uchrashuv Prezidentimizning 2017 yil 7 yanvarda prokuratura organlari tashkil topganining 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda murojaatlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, halq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, xalq ichiga kirish, uning dardi va tashvishi bilan yashash eng dolzarb vazifasiga aylanishi lozimligi haqidagi talablaridan kelib chiqqan holda o‘tkazildi.

Tadbirdan maqsad, davlat idoralari rahbarlarining xalqqa yaqin bo‘lib, kundalik hayotdagi mavjud muammolarni qonun doirasida hal qilish, amaliy yordam ko‘rsatish, huquq va manfaatlarini himoya qilib, adolat mezonini qaror toptirishdan iborat.

Tadbirda ishtirok etgan tadbirkorlar va fuqarolar rahbarlarga yechimini topolmayotgan masalalar bo‘yicha savollar berishdi. Shuningdek, joyida hal qilish imkoni bo‘lgan og‘zaki murojaatlar yuzasidan ularning talablari qanoatlantirildi.

Xalqimiz hayotida muhim o‘rin tutayotgan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan fuqarolarning qonuniy talablari, so‘rov va takliflarini ko‘rib chiqib, yechimini topish vakolatiga ega bo‘lgan davlat idoralariga muddat belgilanib, tegishli organlar tomonidan nazoratga olingan holda topshiriq berildi.
Shuningdek, shunday uchrashuvlar joylarda, mahallalarda tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i boshchiligida ham o‘tkazilmoqda.

Top