11:32 / 19.01.2017
5802

Hindistonda maktab avtobusi ishtirokidagi YTHda kamida 25 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida maktab avtobusi va yuk mashinasi ishtirokida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida 18 nafar maktab o‘quvchisi ham bor, deb xabar berdi Times Of India nashri.

Ta'kidlanishicha, 50ga yaqin inson turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus kartoshka olib ketayotgan yuk mashinasi bilan bolalarni maktabga olib ketayotgan payt to‘qnashib ketgan.

Ayni damda politsiya voqea sabablarini o‘rganmoqda.

 

Top