11:33 / 19.01.2017
7866

Italiya markazidagi mehmonxonalardan biri qor ko‘chkisi ostida qoldi

© ANSA

Italiyaning qutqaruv xizmatlari Italiyaning markazida qor ko‘chkisi ostida qolgan Rigopiano di Farindola mehmonxonasidan 5 km uzoqlikda, deb xabar qilmoqda ANSA agentligi.

Xabarlarga ko‘ra, qutqaruvchilar noqulay ob-havo tufayli maxsus texnikadan foydalana olmayapti va tog‘da joylashgan mehmonxonaga chang‘ilarda borishga urinmoqda. U dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan. 

"Vaziyat juda og‘ir. Biz yana qancha yuramiz, bilmayman. Menimcha, besh-olti kilometr. Bu yerda 3-4 qavat qor qatlami bor. Endi chang‘ida davom ettiramiz", - deya tog‘ qutqaruvchilari guruhi rahbarining so‘zlarini keltiradi agentlik. 

Foto: ansa.it

18 yanvarda Italiya markaziy hududlarida yuz bergan kuchli zilzila qor ko‘chkisiga sabab bo‘lgan. buning oqibatida Gran-Sasso-d’Italiya tog‘li mavzesidagi mehmonxona qor uyumlari ostida qolgan. 

"Yordam bering, biz sovuqdan halok bo‘lamiz", - deya matnli xabar yuborishgan mehmonxonadagilar. Keyinchalik, ularning telefonlari javob bermayotgani xabar qilingan edi. 

So‘nggi ma'lumotlarga binoan, binoda 20 dan ortiq kishi, shu jumladan ikki nafar bola ham tashqi dunyodan to‘silib qolgan. 

Foto: ansa.it

Italiyaning Latsio, Marke va Abrutstso viloyatlarida 5,3-5,5 ballik uchta zilzila sodir bo‘lgan edi. Hozirda, Italiya markaziy tumanlarining ko‘pgina hududida qor qalinligi 1-2 metrni tashkil etadi. 150 mingga yaqin inson elektr energiyasidan mahrum bo‘lgan.
 

Mavzuga oid
Top