11:47 / 19.01.2017
4405

Malida sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 60 kishiga yetdi

foto: AFP

Mali shimoli-sharqidagi Gao shahrida joylashgan harbiy bazada ro‘y bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 60 kishiga yetdi. Bu haqda Frans Press agentligi mamlakat prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta bayonotiga asosan xabar berdi.

Avvalroq 47 inson halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Gao shahridagi baza hududida minalashtirilgan avtobus chorshanba kuni portlatildi.

Prezident televizion murojaatida kamida 60 kishi halok bo‘lgani va 115 inson jarohat olganini xabar qildi. 

Hukumat vakili kecha halok bo‘lganlar orasida “besh nafar xudkush” bo‘lganini ma'lum qilgandi. Terakt uchun mas'uliyatni “Al-Qoida”ga aloqador “Al-Murabitun” guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Mavzuga oid
Top