11:42 / 19.01.2017
4953

MRB amerikaliklar haqida ma'lumot to‘plash qoidalarini o‘zgartirdi

AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) so‘nggi 35 yilda ilk marotaba amerikaliklar haqida ma'lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va saqlash qoidalarining yangilangan namunasini e'lon qildi. Yangi qoidalar boshqarma saytida joylashtirilgan. 

MRBning bosh huquqiy maslahatchisi Kerolayn Kressning aytishicha, yangilangan qoidalar «amerikaliklarning shaxsiy hayoti va fuqarolik huquqlarini himoya qilish»ni nazarda tutgan holda tuzib chiqilgan, deya xabar qilgan Reuters.

Tuzatilgan qoidalar ro‘yxatini MRB direktori Jon Brennan va AQSh adliya vaziri Loretta Linch tasdiqlagan.

Yangilangan qoidalar orasida, shuningdek, tergov jarayoni uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni olish va ular MRBda qancha muddat saqlanishiga oydinlik kiritilgan. Jumladan, boshqarma Amerika fuqarolariga tegishli bo‘lgan, ammo o‘rganilmagan va baholanmagan ma'lumotlarni besh yil davomida yo‘q qilishi kerak. 

Avvalroq, MRB 13 mln sahifada o‘z faoliyatiga doir ma'lumotlarni oshkor qilgan edi. 

Top