18:44 / 19.01.2017
5533

Novosibirsk viloyati ot klubida halokat ro‘y berdi, qurbonlar bor

Foto: © RIA Novosti

Rossiyaning Novosibirsk viloyati, Berdsk shahri ot klubi binosi qisman qulab tushgan. Bu haqda Rossiya FVV mintaqaviy boshqarmasi matbuot xizmati xabar qilgan. 

RIA Novosti agentligiga ko‘ra, 500 kvadrat metr maydonga teng inshoot tomi qulab tushgan. Bino vayronalarini tozalash ishlariga 40dan ortiq inson va 15ta texnika jalb etilgan. 

Umuman, hodisa ro‘y bergan klub temir konstruksiyalari ostida 7 kishi, shulardan 4 nafar bola qolib ketgan. Ularning 4 nafari, ikki katta yoshli kishi va ikki nafar yosh bola mustaqil ravishda vayronalar ostidan chiqishgan. Fojia oqibatida bir ayol va bola hayotdan ko‘z yumgan. 

«Besh kishi turli darajada jarohat olgan, ularning 3 nafari boladir. Ikki bola shifoxonaga yotqizilgan», — deya ma'lum qilgan manba.

Mavzuga oid
Top