09:59 / 19.01.2017
11591

Obama kimlar AQSh prezidenti bo‘la olishiga doir fikrlarini bildirdi

© REUTERS/ Kevin Lamarque

Ayollar va turli irq vakillari AQSh prezidenti bo‘la oladi, deb bayonot bergan AQShning iste'foga chiqishga hozirlik ko‘rayotgan rahbari Barak Obama. 

"Agar biz barcha uchun teng imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etsak, bizda ayol prezident, lotinamerikalik prezident, yahudiy prezident, hindu prezident, va yana kim biladi, qanday prezidentlar bo‘lishi mumkin", — degan Obama o‘zining Oq uydagi so‘nggi matbuot anjumanida. 

Obama ayollarning Amerika tarixiga qo‘shgan hissasi borasida fikr bildirar ekan, 2016 yili Braziliyada bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarini misol keltirdi. 

"U yerda qo‘lga kiritilgan medallarning yarmidan ko‘pini ayollar bizga tortiq qildi. Bunga, bir necha yillar muqaddam, ayollarimizga sport bilan shug‘ullanishlari uchun imkon beradigan qonunchilikni qabul qilishimiz asos bo‘ldi", — degan Obama. 

Shu bilan birga, Obama "irqqa ajratish va irqiy stereotiplarga" ajratish bilan  bog‘liq bo‘lgan eskicha qarashlar ham mavjudligini qayd etgan. 

Shunga qaramay, AQShning bo‘lg‘usi sobiq prezidenti, hozirda, irqiy munosabatlardagi vaziyat birmuncha yaxshilanganini ta'kidlagan. Obama "kelajak avlodning hozirgi yoki o‘tgan ajdodlarga qaraganda, bu borada ishonchi ko‘proq bo‘lishi"ga umid bildirgan.
 

Top