23:49 / 19.01.2017
15451

"The Ring" jurnali boksdagi yilning eng zo‘rlari nomini e'lon qildi

AQShning "The Ring Magazine" jurnali 2016 yil yakunlariga ko‘ra boks sportidagi turli yo‘nalishlardagi g‘oliblar nomini e'lon qildi. 

Jurnal fikricha, yilning eng yaxshi bokschisi Shimoliy irlandiyalik Karl Frempton bo‘ldi. Biroq nashr saytida muxlislar ushbu yo‘nalishdagi g‘alabani ukrainalik Vasiliy Lomachenkoga berishgan.

Yil voqeasi afsonaviy Muhammad Alining iyundagi vafoti bo‘ldi. Yana bir mukofot bokschi Roman Gonsalesning murabbiyi Arnulfo Obandoga o‘limidan keyin berildi.

Barcha g‘oliblar ro‘yxati quyidagicha:

Yil bokschisi: Karl Frempton

Yil jangi: Frantsisko Vargas – Orlando Salido (durang)

Yil nokauti: Saul Alvares (Amir Xonni 6-raundda nokaut qilgan)

Yil raundi: Skender Xalili – Jyeyson Tompson (2-raund)

Yil umidsizligi: Jo Smit (Anjyey Fonfarega 1-raunddagi mag‘lubiyat)

Yil qaytishi: Andre Uord (Sergey Kovalev ustidan g‘alaba)

Yil murabbiyi: Arnulfo Obando (Roman Gonsales murabbiyi, 2016 yil 11 oktabrda vafot etgan)

Yil loyihasi: Erikson Lyubin (AQSh, 17-0, 12 nokaut)

Yil hodisasi: Muxammad Ali vafoti (2016 yil 3 iyun)

Eng ilhomlantiruvchi bokschi: Bernard Xopkins

Top