14:38 / 19.01.2017
13111

Toshkent shahar Sergeli tumani hokimining virtual qabulxonasi ishga tushirildi

Toshkent shahar Sergeli tumani hokimining virtual qabulxonasi ish boshladi.

Endilikda siz hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflarni "1071" qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan holda yuborishingiz mumkin. Qo‘ng‘iroq respublika bo‘yicha bepul bo‘lib, unda faqatgina statsionar telefonga qo‘ng‘iroq qilish narxi bo‘yicha haq olinadi.

Murojaatingizni sergelihokim.uz sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar Sergeli tuman hokimiga yuborishingiz mumkin.

Top