22:01 / 19.01.2017
5911

Toyota xavfsizlik reytingida Volvo va Mercedes brendlarini ortda qoldirdi

Rossiyaning "Kolyosa.ru" nashri 2016 yildagi eng xavfsiz yangi avtomobilini tanladi. U rasman bu sohadagi tan olingan yetakchilar: Shvetsiyaning Volvo va Germaniyaning Mercedes kompaniyalarini ortga qoldirishga ham muvaffaq bo‘ldi. 

«Ushbu natijaga ta'sir qilgan omil 2ta bo‘ldi,— deya izohlaydi «Kolyosa.ru» tahririyati hakamlar hay'ati. — Birinchidan Euro NCAP yangi E-Class krash-testining natijasini e'lon qildi, ammo S90 modeliga baho berilganicha yo‘q, Amerikaning  IIHS tashkiloti, aksincha, Volvo modelini tekshirgan, biroq, Mercedes mahsulotini sinab ko‘rgani yo‘q. Ikkinchi muhim jihat bu … Toyota Prius bo‘ldi».

Qayd etish joizki, Toyota Prius Euro NCAP tomonidan «Katta oilaviy avtomobil» tasnifida 2016 yildagi eng xavfsiz model deb topilgan edi. Ayniqsa, «Toyota Safety Sense» xavfsizlik tizimi yuqori baho olgandi. Bu tizim piyodalarni taniy oladi va avtomobilni favqulodda to‘xtatish imkoniga ega. 

Mavzuga oid
Top