18:34 / 19.01.2017
11993

Xiaomi Redmi Note 4 smartfoni rasman namoyish etildi

Xiaomi kompaniyasi Hindistonda o‘zining yangi — Xiaomi Redmi Note 4 smartfoni taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqida Hi-Tech nashri ma'lum qildi.

Yangi qurilma alyuminiy korpusda taqdim etildi. U uch xil rangda ishlab chiqarildi - tillarang, to‘q kulrang va qora. Smartfon versiyalari ham uch xil - ular ichki va operativ xotira hajmi hamda tabiiyki, bahosi bilan farq qiladi.

Barchasining chipseti – Snapdragon 652. O‘zidan avvalgi qurilmalarga nisbatan uning bir marta zaryadlangan batareyadan ishlash vaqti 25 foizga uzaytirilgan.

Xiaomi Redmi Note 4 parametrlari:

Chipset: Qualcomm Snapdragon 652, 8 yadro, chastota - 1,8 GGts'gacha, grafika - Adreno 510, modem - X8 LTE

Xotira: 2 / 32 Gb, 3 / 32 Gb, 4 / 64 Gb

Ekran: 5.5 dyuym, FullHD, IPS, 2,5D-shisha

Akkumulyator: 4100 mAch

Asosiy kamera: 13 Mp

Old kamera: 5 Mp

SIM-kartalar uchun joy: ikkita, qo‘llab-quvvatlash - VoLTE

OT: MIUI8 Android 6.0'da, Android 7'gacha yangilanadi

Narxlar: smartfonning kenja modifikatsiyasi (2 Gb  operativ va 32 Gb ichki xotira) -  9999 hind rupiysi (146,64 dollar). 3 / 32 Gb xotira versiyasi - 10 999 rupiy (161,87 dollar), 4 / 64 Gb xotira – 12 999 rupiy (190,84 dollar).

Mavzuga oid
Top