09:26 / 19.01.2017
5994

Zimbabveda olti kishi dafn marosimida chaqmoq urishi tufayli halok bo‘ldi

Foto: CEN

Zimbabveda dafn marosimiga kelgan olti kishi chaqmoq urishi tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar berdi.

Hodisa mamlakat g‘arbidagi Shimoliy Matabelelend viloyatida ro‘y berdi. Qishloq aholisi qabila boshlig‘ining singlisini dafn qilishga yig‘ilgan bir paytda, momaqaldiroq boshlanib, chaqmoq uyga urgan. U yonib ketdi, biroq hech kim jarohat olmadi. Keyingi chaqmoq esa dafn marosimiga yig‘ilganlarni yomg‘irdan pana qilib turgan daraxtga urgan.

Olti kishi halok bo‘ldi, yana uch nafar inson turli darajadagi kuyish jarohatlarini olgan. Mahalliy fuqarolardan biri jarohatlanganlarni Binga okrugidagi kasalxonaga olib bordi. Ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga qaytarib yuborishgan.

Mavzuga oid
Top