18:25 / 20.01.2017
7690

Afg‘onistonda jangarilarning hujumi oqibatida 20ga yaqin politsiyachi halok bo‘ldi

foto: AFP

Afg‘oniston janubida joylashgan Qandahor viloyatida “Tolibon” radikal harakatining bir necha nazorat-o‘tkazish punktlariga hujum qilishi oqibatida 16 politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda Sinxua agentligi mahalliy hukumatdagi manbaga asosan xabar berdi.

“Tolibon” jangarilar guruhi Mivand tumanidagi bir necha nazorat-o‘tkazish punktlariga mahalliy vaqt bilan 3.00 da hujum qildi. Shundan so‘ng otishma boshlandi, uning oqibatida 16 nafar politsiya xodimi, jumladan bir necha punktlar boshlig‘i halok bo‘ldi”, - deb xabar bergan agentlikka manba.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa tufayli “Tolibon”ning taxminan 20 nafar jangarisi yo‘q qilingan, bir nechtasi jarohat olgan.

Hujum oqibatida halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma'lumotlar yo‘q.

Top