14:12 / 20.01.2017
9846

AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya Shimoliy Koreyaga qarshi yo‘naltirilgan mashqlarni boshlashdi

Foto: EPA

AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya harbiy-dengiz kuchlari bugun uch kunlik mashqlarni boshlashdi. Unda Shimoliy Koreya ballistik raketalarini kuzatish va yo‘q qilishdagi o‘zaro harakatlar rejasi ishlab chiqilmoqda. Kyodo agentligining xabar berishicha, ularda Aegis raketalarga qarshi mudofaa tizimi bilan jihozlangan uchta – Amerikaning "Kertis Uilbur", Janubiy Koreyaning "Sejon tevan" va Yaponiyaning "Kirisima" kemasi ishtirok etmoqda.

Avvalroq Seulda KXDR yangi turdagi, katta ehtimol bilan qit'alararo ballistik raketani uchirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Ular mobil uchirish qurimalarida o‘rnatib bo‘lingan bo‘lishi mumkin.

Yaponiya harbiy-dengiz kuchlari shu sababdan bunday raketalarni yo‘q qilish haqida buyruq olishgan. Bu holat ular mamlakat milliy xavfsizligiga rahna solsa yuz beradi.

Ma'lumot uchun, Shimoliy Koreya so‘nggi vaqtlarda o‘zining raketa dasturini faollashtirdi. Pxenyan o‘tgan yilda har xil turdagi 20ta raketani uchirdi. Shuningdek, KXDR qit'alararo yadro raketasi ishlab chiqish ishlarini butunlay yakunlaganini ham ta'kidlagan.

Top