12:19 / 20.01.2017
8942

AQShda Tesla avtomobili ishtirokida o‘lim bilan yakunlangan birinchi YTH bo‘yicha surishtiruv ishi yopildi

AQSh harakat xavfsizligi milliy boshqarmasi haydovchisiz Tesla avtomobili ishtirokidagi o‘lim bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ishni yopishi haqida ma'lum qildi. Voqea 2016 yilning may oyida yuz bergan, deb xabar berdi Business Insider mahkama bayonotiga asosan.

Boshqarma mutaxassislari Tesla Model S avtomobilida bunday modeldagi mashinalarni qaytarib olish imkonini beruvchi nosozliklarni topmagan.

Hisobotda aytilishicha, Tesla avtomobillarida haydovchi va yo‘lovchilar hayotiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan nosozliklar topilmagan, shuning uchun bu masala yuzasidan keyingi ishlar “butunlay mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi”.

Shu bilan bir qatorda, boshqarmaning ta'kidlashicha, surishtiruv ishining yopilishi mahkama avtomobil xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan nosozliklarni qidirishdan to‘xtatishini anglatmaydi.

Tesla Motors kompaniyasi 2016 yilning iyunida yilning may oyida uning avtomobili Florida shtatidagi yo‘llardan birida tirkamali yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketganini ma'lum qildi. Halokat oqibatida mashina haydovchisi Joshua Braun halok bo‘ldi. YTH avtopilot rejimidagi Tesla ishtirokida sodir bo‘lgan birinchi baxtsiz hodisaga aylandi.

Avtomobil yuk mashinasi tirkamasi tagidan o‘tib ketib, elektruzatish liniyasi bilan to‘qnashgan.

Tesla haydovchi ham, avtomobil ham yorqin osmon fonida tirkamaning oq tomonini ko‘rishmagani, shuning uchun to‘xtatish tizimidan foydalanishmaganini ma'lum qildi. Boshqa mutaxassislar esa Braunda to‘qnashuvga qadar yo‘ldagi to‘siqni ko‘rish va choralar ko‘rish uchun kamida yetti soniya vaqt bo‘lganini aniqlashdi.

AQSh transportdagi xavfsizlik bo‘yicha Milliy kengashi 2016 yilning iyulida YTH bilan bog‘liq o‘z surishtiruvi natijalarini taqdim etdi. Unda avtomobil belgilangan darajadan ancha yuqori tezlikda harakatlangani aytilgan: soatiga 104,6 kilometr tezlikka ruxsat berilgan yo‘l qismida 119 km/soat. 

Top