23:08 / 20.01.2017
5974

Chernogoriya prezidenti va yana 800 mansabdor shaxsning maoshlari kamaytirildi

Chernogoriya hukumati ma'muriy kengashi 20 yanvarda tejamkorlik maqsadida respublika rahbariyatining maoshlarini 8 foizga kamaytirishga qaror qildi. 

800 ga yaqin davlat xodimlari keyingi yil 31 dekabrgacha kamroq miqdorda maosh oladilar, buning natijasida davlat g‘aznasida 1,6 mln dollar tejab qolinadi. Jumladan, Chernogoriya prezidenti, bosh vaziri, hukumat a'zolari, parlament raisi va uning o‘rinbosarlari maoshlari 8 foizga kamaytirildi.    

Ta'kidlanishicha, respublika prezidenti Filip Vuyanovichning maoshi 195 yevroga (2,5 ming yevrogacha), bosh vazir Dushko Markovichniki esa 174 yevroga, vazirlarniki 140 yevroga kamaytiriladi.

Ma'lum qilinishicha, respublika hukumatining bunday yo‘l tutishiga uch nafar farzandli onalarga beriladigan nafaqa pulining 366 yevrodan 264 yevrogacha kamaytirilishi, onalarga beriladigan to‘lovlarning 192 yevrodan 144 yevrogacha kamaytirilishi sabab bo‘lgan. Respublika hukumatining hisob-kitoblariga ko‘ra, onalarga beriladigan moliyaviy yordamni tejash orqali 16,5 mln yevro tejab qolinmoqchi.

Mavzuga oid
Top