21:54 / 20.01.2017
18804

Clash of Clans o‘yinining million akkaunti xakerlar tomonidan buzib kirildi

Supercell studiyasi o‘zining rasmiy anonsida 2016 yilning sentabrida xakerlar eng mashhur mobil o‘yinning million akkauntini buzib kirgani va bu Clash of Clans mobil strategiyasi ishlab chiqaruvchilari sayti forumiga ham tegishli bo‘lgani haqida ma'lum qildi. Biroq bu hujumning o‘yin akkauntlariga hech qanday bog‘liqlik joyi yo‘q.

Hozirda ishlab chiqaruvchilar zaiflik begona xakerlarga forum foydalanuvchilariga oid muayyan ma'lumotlarni  olishga imkon bergani haqidagi hisobotni ko‘rib chiqishmoqda. Bir qator elektron pochta qutilari va shifrlangan parollar ham shu ma'lumotlar sirasiga kiradi. 

Kompaniyada bu kabi zaifliklarga juda jiddiy munosabatda bo‘linishi va foydalanuvchilar xavfsizligi to‘g‘risida gap ketganda mutaxassislar juda jiddiy siyosat yuritishlarini qo‘shimcha qilishdi. 

Supercell vakillari foydalanuvchilarga imkon qadar tezroq parollarni o‘zgartirishni taklif qilishdi. Shuningdek boshqa tizimlarda ham shu parollar qo‘llangan bo‘lsa, ularni ham o‘zgartirish zarurligi ta'kidlandi.

Top