18:33 / 20.01.2017
50940

Kamyob kasallik indoneziyalik qizning tanasini taxta kabi qotirib qo‘ydi (suratlar)

Indoneziyada yashovchi 35 yoshli Sulami kamdan-kam uchraydigan kasallik - ankilozir spondiloartritdan aziyat chekadi. Bu kasallik uning tanasini taxta kabi qotirib qo‘ygan. Life nashrida ma'lum qilinishicha, bemorning umurtqasi to‘liq harakatdan qolgan. 

Sulamining ahvoli shu qadar og‘irki, u 90 yoshli buvisining yordamiga muhtoj. 

35 yoshli qizni bambuk umurtqa deb atashadi. So‘nggi 10 yil u na engasha va na o‘tira oldi. U faqat tayoq yordamida harakatlanadi. 

Ankilozir spondiloartrit umurtqa yoki tana a'zolaridan biri qattiq shamollagan taqdirda paydo bo‘ladi. Bemorning ahvolini faqat fizioterapiya kurslari va  mashqlar to‘g‘irlay oladi. 

 

Mavzuga oid
Top