00:47 / 20.01.2017
53893

Ko‘p million dollarlik firibgarliklar uchun qidirilgan o‘zbekistonlik Kiyevda ushlandi

Kiyev sudi O‘zbekistonda ko‘p million dollarlik moliyaviy firibgarliklarni amalga oshirgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini hibsga oldi. Bu haqda 19 yanvarda Kiyev prokuraturasi ma'lum qildi.   

"Kiyevning mahalliy 9-sonli prokuraturasi prokurorining iltimosi bilan Solomenskiy tuman sudi tomonidan O‘zbekistonning 33 yoshli fuqarosiga ekstraditsion hibsga olish qo‘llangan", deyilgan xabarda.

Erkak qo‘lga olinganda uning yonida Dominikana va O‘zbekiston pasportlari bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha,  Interpol bosh kotibiyati ma'lumotlariga ko‘ra, erkak 91 mln dollarlik mablag‘larni o‘zlashtirish, 200 mln dollar va 271 ming yevrolik xorijiy valyutani yashirish, jinoiy faoliyat oqibatida olingan 77,4 mln shveysar franki (77,2 mln dollar) va 200 ming Latviya lati (302,9 ming dollar) ko‘rinishidagi daromadni legallashtirishda gumon qilinib xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasining mutassadi idoralaridan jinoyatchining O‘zbekistonga topshirilishi bo‘yicha tegishli so‘rov bildirilishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid
Top