09:01 / 20.01.2017
4139

Mashhur «Tvin Piks» serialida FQB agenti rolini ijro etgan aktyor saraton tufayli vafot etdi

Foto: AP

Amerikalik taniqli aktyor Migel Ferrer 62 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda ABC bugun xabar berdi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, u Los-Anjyeles shahridagi o‘z uyida 19 yanvar kuni vafot etgan.

Ferrer «C.S.I. Jinoyat joyi», «Dengiz politsiyasi: Los-Anjyeles» kabi bir qator mashhur seriallarda o‘ynagan rollari sabab tanilgan. Uning eng mashhur roli esa rejissyor Devid Linchning «Tvin Piks» ko‘p seriyali filmidagi FQB agenti Albert Rozenfeld obrazi bo‘lgan. Filmning yangi mavsumi premerasi 21 may kuniga belgilangan.

Migel Ferrer Santa-Monika shahri (Kaliforniya shtati, AQSh)da 1955 yilning 7 fevral kuni tug‘ilgan. U asli kelib chiqishi Puerto-Rikodan bo‘lgan oilada besh farzandning kattasi bo‘lgan. Otasi - aktyor Xose Ferrer «Oskar» kinomukofoti sohibiga aylangan. Shuningdek, Migel Ferrer amerikalik mashhur kinoartist Jorj Klunining qarindoshi sanalardi.

Top