14:45 / 20.01.2017
7202

"Soyuzmultfilm"ning sobiq rahbari Ernest Rahimov hayotdan ko‘z yumdi

78 yoshida "Soyuzmultfilm" kinostudiyasining sobiq rahbari Ernest Rahimov hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida Rossiya kinematografchilar ittifoqi bergan ma'lumotga asoslanib, "Moskva" yangiliklar agentligi xabar berdi. 

"2017 yilning 17 yanvarida Rossiyada xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, prodyuser, faxriy kinematografchi, Rossiya kinematografchilar ittifoqi a'zosi Ernest Ahmedovich Rahimov hayotdan ko‘z yumdi", - deya xabar berildi tashkilotda. 

Manbada ta'kidlanishicha, Rahimov eski multfilmlar tasvir va tovush restavratsiyasi texnologiyalari ustida ishlagan, shuningdek "Soyuzmultfilm" multfilmlarini xorijda namoyish etilishiga sababchi bo‘lgan. U prodyuser sifatida 20dan ortiq animatsion film yaratgan. 

Top