22:01 / 20.01.2017
14193

Tramp Oq uyga Obama bilan uchrashuvga keldi

Foto: AFP 2017/ Jim Watson

AQShning yangi prezidenti Donald Tramp 20 yanvarda Oq uyga yetib keldi. Uning bu yerda Barak Obama bilan norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv Oq uyning Moviy xonasida ularning rafiqalari Mishel va Melaniya ishtirokidagi choy ichish shaklida o‘tadi. Bu marosim amaldagi prezidentdan saylangan prezidentga hokimiyatning topshirilishi vaqtidagi an'ana hisoblanadi. 

Shundan keyin Obama va Tramp inauguratsiya marosimiga yo‘l oladilar. Inauguratsiya Kapitoliy tepaligidagi AQSh kongressi binosida bo‘lib o‘tadi.

Tramp saylovdagi g‘alabasidan keyin Oq uyda faqat bir marta bo‘lgan: uni 10 noyabrda saylangan prezident sifatida Obama qabul qilgan, bu ham AQSh siyosiy an'analaridan hisoblanadi. 

Obama mehmonlarni "Salom! Yaxshimisizlar! Sizni ko‘rishdan xursandmiz", deya qarshilagan. Tramp va Obama qo‘l berib so‘rashishgan. Siyosatchilarning rafiqalari ham quchoqlashib so‘rashib, Tramp rafiqasi Obama rafiqasiga qutichada sovg‘a bergan.

So‘ngra juftliklar suratga tushib, bino ichiga yo‘l olishgan.

Mavzuga oid
Top