Donald Trampning AQSh prezidenti etib saylanishi Yevropaga Brexit’dan so‘ng ikkinchi qattiq zarba bo‘ldi. Bu haqda Fransiyaning “Milliy front” partiyasi yetakchisi, mamlakat prezidentligiga nomzod Marin Le Pen Germaniyaning Koblents shahrida tashkil etilgan Freedom for Europe anjumanida ma'lum qildi.
"Qo‘hna Yevropa uchun ikkinchi zarbani (Brexit’dan so‘ng) uzoq kutish kerak bo‘lmadi – janob Trampning AQSh prezidenti etib saylanishi", - dedi Le Pen.
Uning ta'kidlashicha, "uning Yevropa bo‘yicha pozitsiyasi ma'lum va tushunarli". "U kishilarga zulm o‘tkazish tizimini qo‘llab-quvvatlamaydi", - dedi Le Pen.
Koblents shahridagi anjuman ishida Yevroparlamentning o‘ta o‘ng fraksiyasi "millatlar va ozodlik Yevropasi" vakillari ishtirok etmoqda. Uning tarkibiga Fransiyaning Milliy fronti, Belgiyaning "Flamand manfaati" va Italiyaning "Shimol ligasi" partiyalari kiradi.