11:50 / 21.01.2017
10400

Pokistonda kuchli portlash yuz berdi, ko‘plab qurbonlar bor

Pokistonning Parachinor shahridagi bozorda ro‘y bergan portlash oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi, 50dan ortiq inson jarohatlandi. Bu haqda Pokistonning Geo-TV telekanali mahalliy hukumatga asosan xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, portlash ertalab sodir bo‘lgan. Barcha jarohatlanganlar kasalxonaga olib ketildi. Ularning taxminan 10 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Portlash yuz bergan joy huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘rab olindi. Telekanal xabariga ko‘ra, bu ushbu bozor hududida so‘nggi vaqtlarda ro‘y bergan to‘rtinchi portlashdir.

Ma'lumot uchun, Parachinor shahri Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan bo‘lib, turli qabilalar nazoratida ushlab turiladi.

Top