19:31 / 21.01.2017
7497

Saudiya Arabistoni aeroportida oshqozonida bir kilogramm geroinni olib o‘tmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi qo‘lga olindi

Ar-Riyod aeroportida oshqozonida taxminan bir kilogramm geroin giyohvandlik moddasini olib o‘tmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegarachilar tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda "Al-Ixboriya" mahalliy telekanali xabar bermoqda.

Bojxona xizmati direktori Sulton al-Fohidning kanalga xabar berishicha, yetib kelgan reyslardan birining yo‘lovchilarini tekshiruvdan o‘tkazish paytida sayohatchilardan biri shubha uyg‘otgan. Uni alohida tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilishgan.

"Yo‘lovchi oshqozonida “geroin” giyohvandlik moddasi bo‘lgan 110ta kapsula aniqlandi. Unga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi", - deb xabar berdi direktor.

Kanal ma'lumotlariga ko‘ra, barcha kapsulalarning og‘irligi – taxminan 865 grammga teng.

Reys qayerdan kelgani va u qaysi davlatning fuqarosi ekaniga oydinlik kiritilmagan.

Ma'lumot uchun, Saudiya Arabistonida giyohvand moddalar kontrabandasi, u bilan savdo qilish, saqlash va iste'mol qilishga aloqador shaxslar o‘lim jazosiga mahkum etiladi. 

Top