11:39 / 21.01.2017
17287

Tarmoqda Tramp inauguratsiyasida yomg‘irpo‘sh bilan “jang qilgan” Jorj Bushning ustidan kulishdi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Donald Trampning inauguratsiyasi marosimidan olingan suratlarni keng muhokama qilishmoqda. Xususan, tasvirlardan birida AQSh 43-prezidenti kichik Jorj Bushning yomg‘ir o‘tkazmaydigan ust kiyim - yomg‘irpo‘sh bilan “jang qilayotganini” ko‘rish mumkin. Gap shundaki, tantanali marosim chog‘ida yomg‘ir yog‘ishni boshlagan, shu sababdan bu yerdagi barcha kishilarga yomg‘irpo‘sh kiyish talab qilindi.

- Kimdir bugun xafa, kimdir esa plastik paketga berkinib olib, xursand o‘tiribdi, - deb yozdi foydalanuvchilardan biri.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining fikricha, sobiq davlat rahbari bunday kiyimlardan foydalanishni umuman bilmasligi ham mumkin.

Top