09:00 / 21.01.2017
7535

Tennischi Vinus Uilyams haqida haqoratli so‘zlar aytgan sharhlovchi ishidan bo‘shatib yuborildi

AQShlik sharhlovchi, ESPN sport kanalida ishlovchi Dug Adler tennis bo‘yicha 4 karra Olimpiya chempioni, amerikalik Vinus Uilyamsni Avstraliya ochiq chempionatidagi uchrashuvda gorillaga o‘xshatgani uchun ishidan ayrildi. 

Bu haqorat Uilyams va Shveytsariya vakili Shtefani Fyogele o‘rtasidagi uchrashuvda yangradi hamda sharhlovchi va kanal nomiga ko‘plab tanqidlar bildirilishiga sabab bo‘ldi.

Sharhlovchining o‘zi keyinroq efirda "gorilla" emas, balki "guerrilla" (partizan) so‘zini aytganini vaj qilgan, biroq kanal vakillari "unga so‘zlarni tanlashda ehtiyotkorroq bo‘lishi kerakligini" aytganlar. 

Mavzuga oid
Top