21:41 / 22.01.2017
8256

APL. Londondagi so‘nggi daqiqalar «triller»ida «Arsenal» g‘alabani ilib ketdi

Angliya premer-ligasining 22-turidan o‘rin olgan qiziqarli uchrashuvlardan biri Londonda «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi daqiqalari fantastik triller janriga tortadigan darajada bo‘lgan o‘yinda «Arsenal» juda muhim bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Avvaliga Shkodran Mustafi londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Shu orada Granit Chaka qizil kartochka olib jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalard mehmonlar penaltidan to‘p kiritib hisobni tenglashtirishgandi. Biroq «Arsenal» baribir g‘alaba to‘pini kirita oldi. 98-daqiqada Aleksis Sanches penaltidan to‘p kiritib jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Arsenal» 47 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

APL, 22-tur

Arsenal – Byornli 2:1 (0:0)
Gollar:
Mustafi (59), Sanches (90+8, penalti) – Grey (90+4, penalti).
Arsenal: Chex, Mustafi, Monreal, Gabriel, Koselni, Ozil (Belerin, 89), Chaka, Ivobi (Koklen, 69), Remzi, Sanches, Jiru (Uelbek, 87).
Byornli: Hiton, Kin, Uord, Louton, Mi, Boyd, Marni (Tarkovski, 76), Xendrik (Barton, 73), Defur (Vouks, 77), Grey, Barns.
Ogohlantirishlar: Louton (58), Marni (74), Mustafi (90), Barns (90).
Chetlatish: Chaka (65).

Top