19:19 / 22.01.2017
13981

O‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston termasi Daniya yoshlaridan yengildi

Samvel Babayan shogirdlari 22 yanvar kuni Daniya U-23 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. Mazkur uchrashuv Dubay shahridagi Sevens stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘lim 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda birinchi bo‘lib xisobni ochgan termamiz yakunda Daniya yoshlar terma jamoasiga 1:2 hisobida yutqazdi, deb yozmoqda Tribuna.uz sayti.

O‘rtoqlik uchrashuvi. 22 yanvar.

Daniya U23 – O‘zbekiston – 2:1 (0:0)
Gollar:  - J.Iskanderov

Daniya U23: Hansen, Makso, Bangaard, Ingvartsen, Skov, Borsting, Kristensen, Gregor, Tomassen, Yunker, Desler.

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Rustam Ashurmatov, Salamat Quttibayev, Jaloliddin Masharipov, Aleksandr Merzlyakov, Vladimir Kozak, Sardor Mirzayev, Shuhrat Muhammadiyev, Shohruz Norxonov, Doston Hamdamov, Akbar Ismatullayev 

Zaxira: M.Zuxurov, M.Bikmayev, A.Ahmedov, J.Iskanderov, I.Sergeyev, J.Sohibov, S.Andreyev, O.Shukurov, I.To‘xtaxo‘jayev, A.Lobanov, D.Hoshimov, E.Shomurodov

Mavzuga oid
Top