14:24 / 22.01.2017
49965

Katta majlisda Sh.Mirziyoyevning tanqidlari, chiroqsiz qolayotgan aholi tashvishi, prezidentning Qoraqalpog‘istonga safari

Mana, navbatdagi hafta ham ortda qoldi. O‘tgan kunlar davomida O‘zbekistonning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ko‘plab sohalarida qator o‘zgarishlar, yangiliklar sodir bo‘ldiki, ularning eng saralari bilan sizni umumiy tarzda tanishtirib o‘tamiz.

Katta majlis. Shavkat Mirziyoyevning tanqidlari

14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. aytib o‘tish lozimki ushbu majlisda tanqidiy fikrlar juda ko‘p bo‘ldi, keskin qarorlar qabul qilindi. Jumladan, «O‘zneftmahsulot» raisi majlis jarayonida ishdan bo‘shatildi  plastik kartochkalarni muomalaga kiritishdan ilgari barcha mexanizmlar puxta ishlab chiqilmagani borasida so‘z yuritildi  Rustam Azimov tanqidga uchradi Ushbu majlis tafsilotlari.

Jamiyat muammolari

Guruch ko‘rmaksiz bo‘lmaydi. Olib borilayotgan islohotlar yo‘lida, albatta, biror bir kamchilik uchraydi. Uni darhol bartaraf etish mas'uliyati o‘rtaga chiqadi.

Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz tumanining elektr ta'minoti yaxshi emasligi, bu aholi turmush tarziga jiddiy ziyon yetkazayotgani haqida maqola e'lon qilindi

Samarqandda giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullangan guruh tashkilotchisi qo‘lga olindi

Bugungi kunda to‘yxonalarimizda kelin-kuyovlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, xatolar va ularning yot madaniyatlarga ko‘r-ko‘rona ergashayotganlari haqida mushohada

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi qizil chiroq yonib turganida ham harakatlanishda davom etib, piyodani urib ketishiga bir baxya qolgan haydovchining harakatiga loqaydlik bilan qaradi

Chet davlatlarga borib, mo‘may daromad topaman, deb vijdonini sotayotgan vatandoshlar haqida bir onaning hikoyasi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahri yaqinida jiddiy yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Qurbonlar borligi haqida aytilgan

Samarqand aholisi elektr energiyasining tez-tez o‘chirilishidan aziyat chekmoqda. Hech kim elektr quvvati qachon o‘chishini oldindan taxmin qila olmaydi

Haj safari

So‘nggi yillarda haj ziyoratiga borish istagini bildirganlarning soni oshib borayotganini e'tiborga olib, 2017 yildan o‘zbekistonlik fuqarolar uchun yangi haj kvotasi belgilandi

O‘zbekistonlik fuqarolar uchun haj kvotasi deyarli 40 foizga oshirildi

O‘zbekiston fuqarolariga Haj ziyoratiga borishda ba'zi cheklovlar qo‘llangani haqidagi xabarlarga izoh berildi

O‘zbekiston haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 20- 21 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi. Davlat rahbari ushbu hududda olib borilayotgan islohotlarga o‘z fikrini bildirar ekan, ayrim sohalarda ko‘ngli to‘lmayotganini ham izhor etdi. Tanqidiy fikrlarini bildirdi. Masalan, Sh.Mirziyoyevning fikricha Ijro organi rahbarlarining eng kattasidan kichigigacha oyog‘i yerdan uzilgan Shunindek u hudud rahbari, prokurori, soliqchisi - hammasi o‘zini o‘ylashi, xalqni hech kim o‘ylamasligi haqida tashvishlanib gapirdi

Boshqa jabhalarda

Islom Karimov haykali qayerga o‘rnatilishi ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston turoperatorlariga valyuta qabul qilishga ruxsat berildi

Ichki ishlar vazirining unvoni ko‘tarildi

Mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlarini sezilarli darajada past narxlarda xarid qilish imkoni paydo bo‘ldi

Davlat mulkini xususiylashtirish soddalashtirildi

O‘zbekistonda xorijga chiqish uchun ruxsatnoma (stiker) bekor qilinishi kutilmoqda

O‘zbekiston valyutaning erkin konvertatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Toshkent shahrida “Hilol-nashr” nashriyot-matbaa korxonasining markaziy kitob-axborot majmuasi ochildi.

Avstraliyada davom etayotgan «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi Australian open musobaqasini o‘zbekistonlik Denis Istomin muvaffaqiyatli o‘tkazishda davom etmoqda.

Top