12:03 / 23.01.2017
18758

Fotojamlanma: Davos forumi mehmonlari bilan bog‘liq eng qiziq suratlar

Shveytsariyaning Davosida nafaqat rasmiy sessiya va plenar yig‘ilishlar o‘tkaziladi. U yerda, shuningdek, pandalar, virtual reallik, ayollar yuziga ega robotlar, “aqlli dizayn” va juda ham ko‘p qorni uchratish mumkin. Quyida Davos forumi mehmonlari bilan bog‘liq eng qiziq fotosuratlarni taqdim etamiz.

Davos forumi qatnashchilari ko‘rgazma zallari va mahorat saboqlarida turli qiziq holatlarga duch kelishlari mumkin. Masalan, ETH Zurich kreativ texnologiyalar ustaxonasida inqilobiy raqamli texnologiyalar, robotlarning rivojlanishi va 3D hamda 4D orqali chop etish imkoniyatlari haqida hikoya qilinadi.

Forum qatnashchilari teatrlashtirilgan seminarga qo‘shilib, o‘z hayotlari tarixi bilan o‘rtoqlashishlari mumkin. Seminarni aktrisa va masxaraboz Sabina Choukar olib boradi. U Livandagi suriyalik qochqinlar bilan ishlaydi.

National Geographic fotosuratchisi Kori Richards o‘zligini, insoniyat va sayyorani anglash dunyoda tinchlik o‘rnatish uchun kerak bo‘ladigan eng muhim jihatlar ekanini aytib o‘tdi.

Joriy yilda Xitoy vakillari Davosdagi eng ko‘p sonli delegatsiya bo‘ldi. Shveytsariya prezidenti Doris Leytxard va XXR raisi Si Tszinpin Jahon iqtisodiy forumi ilk kunida shveysar-xitoy turizm yilini kongress-markazda joylashtirilgan pandaning muzli haykali yonida ochib berishdi.

Kongress-markazdagi xollda bahaybat shaffof sharlardan bo‘lgan installyatsiya joylashtirilgan. Aerocene tadqiqotchilar va san'at vakillarining ochiq loyihasi o‘z ichiga haykaltaroshlik, harakat, hayot va o‘zaro aloqalar holatini qamrab oladi, deyishdi uning asoschilari. Sharlarni boshqa joyga olib o‘tish uchun quyosh va issiqlik energiyasidan foydalanishadi.

Forum mehmonlari yig‘ilishlar orasidagi tanaffuslarda Microsoft Hololens ko‘zoynaklarini taqqan holda aralashgan reallik makoniga sayr qilishlari mumkin.

Bunday ko‘zoynaklar yordamida o‘sha yerda bo‘lgandek effekt beruvchi golografik ta'lim berish ham mumkin. Microsoft sheriklari - Case Western Reserve University va Cleveland Clinic.

Inson va tabiatning o‘zaro aloqasi Jon Greyd haykalida o‘zgacha aks ettirilgan. U kongress-markazda joylashtirilgan. Bu Vashington shtatidagi Nord-Bendda bo‘lgan 140 yillik daraxtning qoplamasi. U muallif va bir guruh ko‘ngillilar tomonidan yaratilgan. Bunday daraxt uchun hammasi bo‘lib mingta qayta ishlangan daraxt bo‘laklari talab etildi.

Avvaliga o‘rmonning o‘zida gips yordamida nusxa olindi, shundan so‘ng uni ustaxonaga olib borib, daraxt bo‘laklarini yopishtira boshlashdi. Haykalni yaratishda ming nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Davosda har bir insonga daraxt qismini shunday qilib yig‘ib ko‘rish imkoni yaratilgan.
Joriy yilda barcha xohlovchilar kongressning katta zaliga ham sig‘ishmadi – forum mehmonlarida XXR raisi Si Tszinpinning chiqishi katta qiziqishga sabab bo‘ldi. Hattoki Tszinpin chiqishi translyatsiyasi berilgan zalda ham bo‘sh joy qolmagan.

Hindistondagi Dharma Productions rahbari Karan Joxarning oyoq kiyimi.

«Loft»da Pol nomli uchta robotlar ko‘rsatilmoqda. Ular kamera yordamida olingan tasvir asosida portretni chizishlari mumkin.
SARA (Socially-Aware Robot Assistant) robotining testi.

Ayollar yuziga ega bo‘lgan yana bir robot - Hanson Robotics’dan Sofiya. U gapirishi hamda yuzida turli tuyg‘ularni aks ettirishi mumkin.
Dubay kelajak muzeyidan «Moral Machine» installyatsiyasi.

Forumning madaniy dasturi 15 yanvar kuni iste'dodli skripkachi Anne-Sofi Mutterning konserti bilan ochildi. U o‘z akademiyasidagi musiqachilar bilan birga chiqish qilgan.

Davosda bu yil juda ham ko‘p qor yog‘di – uchrashuvdan oldin yoki so‘ng chang‘i sporti bilan shug‘ullanish imkoni bor.
Ba'zi bir mehmonlar kongress-markazga ish oyoq kiyimida borishga ko‘zlari yetmay, kirish eshigida uni almashtirishgan.
Davosdagi barcha barlar bron qilingan bo‘lib, faqatgina VIP-mijozlar uchun xizmat ko‘rsatmoqda.

Kongress-markazga hammadan ilgari kelganlar.

 

Mavzuga oid
Top