12:20 / 23.01.2017
6676

Qirg‘izistondagi Boeing halokatida qurbon bo‘lganlar soni 39 kishiga yetdi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek yaqinida Boeing 747 yuk samolyoti halokati oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 39 kishiga yetdi. Bu haqda Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi TASSga xabar bergan.

"Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot markazida 29 yoshli Saginbek Rahmonov hayotdan ko‘z yumdi. U samolyot qulagan joydan davolash muassasasiga olib kelingandi",  - deb ta'kidlab o‘tishgan vazirlikda. Ma'lumotlarga ko‘ra, yosh yigitning o‘limiga ko‘plab kuyish jarohatlari sabab bo‘lgan. "Bizning xodimlar qo‘llaridan kelgan barcha ishni amalga oshirishdi, biroq bemorni saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi", - deb ta'kidlab o‘tishdi sog‘liqni saqlash vazirligida.

"Ayni damda Bishkek kasalxonalari va klinikalarida samolyot qulashida jarohat olgan taxminan 10 kishi qolmoqda", - deya aniqlik kiritishdi vazirlikda.

Turkiya kompaniyalaridan biriga tegishli Boeing 747-400 samolyoti Bishkekdagi “Manas” xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish qismidan 1,5 km uzoqlikda falokatga uchragan. Samolyot aeroport yaqinidagi qishloq ustiga tushdi. Buning oqibatida 32ta uy vayron bo‘ldi. Layner Hongkong-Bishkek-Istanbul reysi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan.  

Mavzuga oid
Top