02:49 / 23.01.2017
5511

"Lester" 22 turda o‘tgan yildagidan ko‘proq gol o‘tkazib yubordi

"Sautgempton" Angliya Premer-ligasining 22-turida o‘z maydonida amaldagi chempion "Lester Siti"ni 3:0 hisobida yutdi.   

Premer-liga joriy mavsumining 22 ta turida "tulkilar" 37 ta gol o‘tkazib yubordilar. Vaholanki, o‘tgan butun mavsum "Lester" 36 ta to‘p o‘tkazib yuborgandi. 

"Lester" hozirda musobaqa jadvalining 15-o‘rnini egallamoqda. 

Top