10:59 / 23.01.2017
13215

Tasmaniya milliy bog‘i oilaviy juftlikka uy va ish taklif etmoqda

Bu ba'zi birlarga hordiq chiqarish uchun ajoyib taklif, boshqalarga esa – triller ssenariysi bo‘lib tuyulishi mumkin. Bu boqqa nisbatan qanday munosabatda ekanligingizga bog‘liq. Tasmaniya milliy bog‘i janubiy sohildan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan 186 gektarli oroldagi Matsaykerga qarovchi ish o‘rni uchun oilaviy juftlikni qidirmoqda. Taklif yaqin ikki yil davomida mart-sentabr oylaridagi davrda ish bilan ta'minlashni nazarda tutadi.

“Xavfsizlik nuqtai nazaridan” orolga “uzoqda joylashgan yerda birga bo‘la olishi mumkinliklarini isbotlagan” juftlar taklif etilmoqda. Agarda siz o‘z juftingiz bilan “yomg‘ir ko‘p yog‘uvchi va shamollar tinmay esadigan orolda” birga mehnat qilishni istasangiz – bu ish aynan siz uchun.
Mayoq butunlay avtomatlashtirilgan bo‘lib, sizning vazifangiz infratuzilma – maydonlar, binolar, mashinalar va asbob-uskunalarni soz holda saqlashdan iborat. Shuningdek, o‘simliklarga qarash va har kuni iqlim byurosi uchun ob-havoni kuzatish talab etiladi. Buning uchun maxsus to‘lanadigan tahsildan o‘tish lozim.

Oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa kerakli narsalar uch oyda bir marotaba olib kelinadi. Biroq orolda bog‘cha ham bo‘lib, u yerda nima istasangiz shuni yetishtirishingiz mumkin. XIX asrda qurilgan to‘rtta yotoqxona va vannaxona bo‘lgan uy sizga muntazir.

Balki o‘z jufti bilan orolda yarim yil yashash kimgadir ahmoqlik bo‘lib tuyular, ammo Matsaykerdagi quyosh chiqish va botishi juda ham go‘zal manzarani taqdim etadi. 

Orolni faqatgina vertolyotda tark etish mumkin va bu favqulodda holatda amalga oshiriladi. Aytgancha, u yerda televizor hamda internet yo‘q...

Murojaatlar 2017 yilning 30 yanvar kuniga qadar qabul qilinadi.

Mavzuga oid
Top