08:12 / 23.01.2017
5488

Tramp Netanyaxuni Vashingtonga kelishga taklif qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga fevral oyida Vashingtonda uchrashish taklifini jo‘natdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ma'lum qilinishicha, uchrashuv sanasi bo‘yicha yakuniy qaror yaqin vaqtda qabul qilinadi. 

Ikki davlat yetakchilari o‘rtasidagi ilk telefon muloqoti Tramp inauguratsiyasidan keyin bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq Isroil Falastin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga roziligi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top