23:03 / 23.01.2017
5339

YuNeSKO vakili: "Harakatlar strategiyasining ommaviy debatlar uchun ochiqligi - muhim jihat"

23 yanvar kuni Toshkent shahrida "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasining jamoatchilik muhokamasiga doir mediahaftalik boshlandi. Unda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ekspert va jurnalistlar, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat ushbu mediahafta haqida fikr bildirar ekan, shunday dedi:

"So‘z erkinligi va ma'lumotlardan erkin foydalanishni ta'minlash mandatchisi bo‘lgan YuNeSKO vakili sifatida o‘ylaymanki, bu bayramona kun. Barchamiz Prezident va O‘zbekiston hukumati tomonidan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasini ko‘rdik. BMT vakili sifatida esa aytishim mumkinki, ko‘pgina jihatlar BMTning yangi belgilangan barqaror rivojlanish maqsadlariga hamohangdir. Biz buni ko‘rishdan juda xursandmiz, albatta. Harakatlar strategiyasining ommaviy debatlar uchun ochiqligi yana bir muhim jihat hisoblanadi. O‘ylaymanki, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor va butun jamiyatdagi hamkorlar o‘z ovoziga ega bo‘lishi, shuningdek shaxsiy g‘oyalar kiritish va bunda mas'uliyatni his qilish  uchun imkon berish muhim. So‘nggi, lekin muhim omillardan biri - mazkur maydonning O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari hamda elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilganligida. O‘ylashimcha, bu ham juda muhim jihat. OAV ustuvor yo‘nalishlar mohiyatini mamlakatdagi har bir kishiga yetkazishga tayyorligini ko‘rganimdan xursandman. Tashkilotchilarga o‘z tabriklarimni yo‘llayman".

Top