20:53 / 23.01.2017
8194

O‘zbekiston termasi o‘rtoqlik o‘yinida Gruziya bilan durang qayd etdi

BAAning Dubay shahrida yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti ma'lum qildi

Dubaydagi The Sevens stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning birinchi bo‘limi yakunida Eldor Shomurodov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinning 69-daqiqasida Teymuraz Shonia muvozanatni tikladi.

77-daqiqaga kelib Saba Lobjanidze Gruziyani oldinga olib chiqdi. 1 daqiqadan keyin Eldor Shomurodov dubl qayd etib, hisobni tenglashtirishga erishdi. O‘yinda boshqa gollar kiritilmadi va 2:2 hisobi saqlanib qoldi. 

Eslatib o‘tamiz, yig‘in doirasidagi dastlabki o‘yinda yoshartirilgan tarkib bilan harakat qilgan Samvel Babayan shogirdlari Daniya U-23 termasiga mag‘lub bo‘lgandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

Dubay. The Sevens stadioni

O‘zbekiston – Gruziya – 2:2

Gollar: Eldor Shomurodov (45, 78) – Teymuraz Shonia (69), Saba Lobjanidze (77)

Chetlatish: Azim Ahmedov (89)

O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreyev, Azim Ahmedov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Davron Hoshimov, Javohir Sohibov, Otabek Shukurov (Salamat Quttiboyev, 80), Eldor Shomurodov, Jamshid Iskanderov, Marat Bikmayev (J.Masharipov, 57), Igor Sergeyev.

Zaxira: Murodjon Zuhurov, Ignatiy Nesterov, Rustam Ashurmatov, Shuhrat Muhammadiyev, Salamat Quttiboyev, Jaloliddin Masharipov, Aleksandr Merzlyakov, Vladimir Kozak, Akbar Ismatullayev, Sardor Mirzayev, Shohruz Norxonov, Doston Hamdamov.

Gruziya: Roini Kvasxvadze, Ucha Lobjanidze, David Xocholava, Saba Lobjanidze (G.Xaraishvili, 82), Bachana Arabuli (L.Parunashvili, 57), Budu Zivzibadze, Otar Kiteishvili (G.Papunashvili, 89), Beka Tugushi (V.Dvalishvili, 70), Lasha Sergelashvili (J.Tabidze, 89), Giorgi Rexviashvili, Teymuraz Shonia (O.Mamasaxlisi, 83).

Zaxira: Omar Migineshvili, Oto Goshadze, Tornike Grigalashvili, Jyemal Tabidze, Olegi Mamasaxlisi, Georgiy Ganugrava, Vladimir Dvalishvili, Giorgi  Kimadze, Lasha Parunashvili, Georgi Papunashvili. 

Top