23:26 / 23.01.2017
7774

Vengriya: Yevropa Tramp saylangandan umidsizlik his qilmoqda

Foto: REUTERS/ Carlos Barria

Vengriya tashqi iqtisodiy aloqa va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto Donald Tramp AQSh prezidenti bo‘lgandan so‘ng Yevropa Ittifoqida umidsizlik kuzatilayotganini aytdi. 

"Esdan chiqarmaslik kerak, hozir Yevropa Ittifoqida Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylangandan keyin tushkunlik hukm surmoqda, chunki prezident liberal Yevropa elitasi vakillari ishongan odam bo‘lmadi", deb aytdi Siyarto.

Siyarto "agar biz bungacha Yevropa siyosatidan farqlanuvchi fikrni qabul qilsak, bizga "putinchilar" yorlig‘ini osishardi, endi esa biz "putinchilar" yoki "trampchilar" deb tanlashimiz mumkin", deb qo‘shimcha qildi.

Top