19:14 / 23.01.2017
6224

Xiaomi’ni eng mashhur kompaniyalardan biriga aylantirgan top-menejyer tark etmoqda

Foto © AP/FOTOLINK

Google sobiq top-menejyeri Xiaomi kompaniyasini yirik smartfonlar ishlab chiqaruvchisiga aylantirdi. Endi esa u AQShga qaytishni rejalashtirmoqda.

Xyugo rahbarligi ostida Xiaomi yosh startapi Osiyo bozorlarini to‘la egallashga muvaffaq bo‘ldi. Ular orasida Xitoy va Hindiston ham bor. Redmi va Redmi Note modellarining omadi kompaniyaga Xitoydagi smartfon ishlab chiqaruvchilari orasida uchinchi o‘rinni egallash imkonini berdi. Endi esa Xyugo Xiaomi’ni tark etib, AQShga qaytishni rejalashtirmoqda. U bu haqda "Feysbuk"dagi maxsus postda xabar bergan. Biznesmen 2017 yilning fevraliga qadar Parijda qoladi, so‘ng yangi ish izlash maqsadida Silikon vodiysiga yo‘l oladi.

Xyugo Barra Google’ning Android-yo‘nalishi rahbari sifatida tanildi. Platforma uning qo‘l ostida 2010-2013 yillarda mobil bozorda yetakchi pozitsiyalardan birini egalladi hamda o‘shanda ommabop bo‘lgan Symbian OS va BlackBerry’ni ortda qoldirgandi. Xyugo taxminan 3,5 yil muqaddam Google’ni katta janjaldan so‘ng tark etgan. O‘shanda kompaniya prezidenti Sergey Brin uning sevligisi Amanda Rozenberg bilan ishqiy munosabatlarda ekani ma'lum bo‘lgan va qiz Google Glass loyihasi rahbari etib tayinlagandi.

Top