19:28 / 24.01.2017
11108

2016 yilda dunyo bo‘ylab eng ko‘p yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan aeroport ma'lum qilindi

Dubay xalqaro aeroporti xalqaro aviayo‘lovchilar bo‘yicha 2016 yildagi eng ko‘p yuklamaga ega bo‘ldi. Bu haqda The National nashri xabar berdi.

Yillik trafik 7,2 foizga o‘sib, 83,6 million yo‘lovchini tashkil etdi.

Aeroport 2017 yilda 89 million yo‘lovchi kelishini taxmin qilmoqda, ya'ni yo‘lovchi o‘tkazish darajasi 6,5 foizga ortadi.

Xususan, yo‘lovchi o‘tkazishning ortishiga mahalliy aviatashuvchilar, jumladan, Emirates va Flydubai’ning 11ta yangi yo‘nalishga parvoz qila boshlagani turtki bergan.
Faqatgina 2016 yilning dekabrida yo‘lovchi o‘tkazish darajasi o‘tgan yil bilan taqqoslaganda 9,3 foizga o‘sib, 7,7 millionni tashkil etdi.

Dubay aeroporti Londonning Xitrousini bunday ko‘rsatkich bo‘yicha 2014 yildayoq ortda qoldirgandi. Xitrou orqali 2016 yilda 76 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi (biroq bu raqam xalqaro va ichki reyslarni birdek qamrab olgan).

Dubay aeroporti 2023 yilgacha yo‘lovchi o‘tkazish miqdorini 118 millionga qadar oshirishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid
Top