20:36 / 24.01.2017
64510

Dayjyest: O‘zbekistonda ikki fuqarolik masalasi, MXXning yangi xizmati, Toshkent propiskasiga oid yangi xabar va boshqa yangiliklar

Yakunlanib borayotgan 24 yanvar O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekiston

Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan eski hayvonot bog‘i o‘rnida yangi madaniyat va istirohat bog‘i ochiladi.

Qonun hujjatlarini baholash tizimi portaliga “Xalq bilan muloqot yili va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi loyihasi joylandi. U naqd va naqdsiz pul aylanmasi o‘rtasidagi farqlarni bartaraf etish choralarini nazarda tutadi.

Qashqadaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Kecha va bugun bir qator OAVda O‘zbekistondagi Qamchiq dovoni bilan bog‘liq turli mish-mishlar tarqalishda davom etmoqda. Bunday gap-so‘zlarning ko‘payishiga Toshkent-Andijon temir yo‘l qatnovining bekor qilingani ham yanada turtki berdi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini (Yagona portal) yanada rivojlantirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yangi imkoniyatlar va qulayliklar taqdim etish maqsadida Yagona portalda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati o‘z interaktiv xizmatlarini taqdim eta boshladi.

O‘zbekiston ikki fuqarolikni kiritishni rejalashtirmayapti

Toshkentda doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslar ham uy sotib olishi mumkin bo‘ladi

Ostonadagi muzokaralar

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahridagi Suriya bo‘yicha hukumat va muxolifat delegatsiyalari, Rossiya, Turkiya, Eron, BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura ishtirokidagi va AQShning Qozog‘istondagi elchisi Jorj Krolning kuzatuvchi sifatidagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

Ostonadagi Suriya bo‘yicha muzokaralar birinchi kunidan tafsilotlar

Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda

Suriya muxolifati Ostona uchrashuvining yakuniy kommyunikesini imzolamadi

Suriya muxolifati Asadning ketishini talab qildi

Rossiya, Eron va Turkiya Ostonadagi muzokaralar yakunlariga ko‘ra muhim qarorga kelishdi

Jahonda

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z kompaniyasi Trump Organization’ni tark etdi.

Xitoy Rossiya bilan chegarada joylashgan Xeyluntszyan shimoli-sharqiy viloyatida o‘zi ishlab chiqargan DF-41 qit'alararo ballistik raketalarni joylashtirdi. Bunga, o‘z navbatida, Kreml izoh berdi 

Kuvaytda hajviy dastur boshlovchisi jonli efirda o‘z mehmonining ustidan benzin quyib, uni yoqib yubordi. Video

Eng yaxshi erkak roli uchun “Oskar”ga nomzodlar ma'lum bo‘ldi

Nokia 6 va iPhone 7 Plus fotokameralari taqqoslandi. Video

"Mustahkam jag‘lar" sohibi Luis Suares 30 yoshga kirdi. Fotojamlanma

Top