15:02 / 24.01.2017
10438

Fotojamlanma: "Mustahkam jag‘lar" sohibi Luis Suares 30 yoshga kirdi

«Barselona» futbol klubining urugvaylik hujumchisi Luis Suares bugun, 24 yanvar kuni 30 yoshga to‘lganini nishonlamoqda. «Nasonal», «Groningen», «Ayaks», «Liverpul», «Barselona», milliy terma jamoa – Luis barcha yerda yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelgan.

Urugvaylik juda ham ko‘plab jamoaviy sovrinlardan tashqari, doimiy ravishda shaxsiy mukofotlarni qo‘lga kiritadi. Hujumchi qaysi chempionatlarda to‘p surganiga qaramay, mavsum yakuni bo‘yicha eng yaxshi forvard nomini qo‘lga kirib keladi. Futbolchi 2014 va 2016 yillarda esa Yevropaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi.

Biroq Suaresga mashhurlikni nafaqat oyoqlari, balki mustahkam jag‘lari ham keltirdi. Luis 2013 yilda “Liverpul” safida ishtirok etayotib, “Chelsi” himoyachisi Branislav Ivanovichning qo‘lidan tishlab olgan. Bir yil o‘tib esa Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjio Kellinining yelkasi jabrlandi. Quyida urugvaylik futbolchi tasvirlangan eng qiziq fotosuratlarni e'tiboringizga havol etamiz. 

Luis Suares Jorjo Kellini bilan jahon chempionati uchrashuvi paytida sodir bo‘lgan hodisadan so‘ng, 2014 yil

“Barselona” o‘yinchisi Luis Suares Ispaniya chempionati doirasidagi bellashuv vaqtida, 2016 yil

Luis Suares va Jorjo Kellini jahon chempionati uchrashuvidagi hodisadan so‘ng, 2014 yil

“Liverpul” o‘yinchisi Luis Suares rafiqasi Sofiya va qizi Delfina bilan, Liverpul, 2012 yil

“Liverpul” o‘yinchisi Luis Suares Angliya premer-ligasining Liverpuldagi bahsi vaqtida, 2011 yil

Luis Suares Ispaniya chempionatidagi uchrashuv vaqtida, 2016 yil

Luis Suares futbol bo‘yicha jahon chempionati saralash bellashuvida, 2016 yil

Jorjo Kellini Luis Suaresdan jabr ko‘rgan yelkasini ko‘rsatmoqda, 2014 yil

“Barselona” o‘yinchisi Luis Suares Barselonadagi uchrashuv vaqtida, 2015 yil

“Manchester” futbolchisi Fernando va “Barselona” o‘yinchisi Luis Suares UYeFA Chempionlar ligasi uchrashuvi vaqtida, 2015 yil

“Barselona” futbolchisi Luis Suares Ispaniya kubogidagi uchrashuvdan so‘ng, 2017 yil

Mavzuga oid
Top